Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi haqida ma'lumot
Naqshband nur ilmiy tadqiqot markazi 2020-yilda tasavvuf olami va ilm-fanning birlikda rivojlanishi maqsadida tashkil etilgan. Bizning tariximiz uzluksiz hayotga va xalqimizni ruhiy-ma’naviy jihatdan yuksaltirishga bag'ishlangan. Har yili ko'plab tadqiqotlar o'tkazamiz va ijtimoiy loyihalar amalga oshiramiz
Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi — buyuk mutasavvif alloma Xoja Bahouddin Naqshband Buxoriy hazratlari va naqshbandiylik ta'limotining insoniy, ma'naviy va axloqiy qadriyatlarini ilmiy asosda tadqiq etish, keng jamoatchilikka yetkazish va xalqaro miqyosda targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilotidir.
Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 apreldagi PF–68-son “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma'rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq amalga oshiradi.
Ushbu farmon asosida Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi qoshida tashkil etilgan Markaz — diniy-ma'rifiy sohadagi ilmiy tadqiqotlar, ta'limiy va targ‘ibot ishlarini uyg‘un ravishda amalga oshirish maqsadini ko‘zlaydi.
📌 ASOSIY MAQSADLARIMIZ
• Bahouddin Naqshband hazratlari, “Etti pir” va boshqa tasavvuf allomalarining boy ilmiy-ma'naviy merosini o‘rganish va tadqiq etish
• Naqshbandiylik ta'limotining ezgu g‘oyalarini ilmiy tahlil qilish va aholi, ayniqsa yoshlar orasida targ‘ib etish
• Tasavvuf ta'limoti tarixini, uning bugungi kundagi ahamiyati va global miqyosdagi o‘rnini yoritish
• Ilmiy-nazariy konferensiyalar, seminarlar, ko‘rgazmalar, treninglar, madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etish
• Soxta tariqatchilik, aqidaviy g‘alat faoliyat va radikal yo‘nalishlarga qarshi ilmiy asoslangan raddiyalar tayyorlash
• Ilmiy maqolalar, ommabop nashrlar, qomuslar va ma'nolar lug‘atlari nashr qilish
• Elektron kutubxona, ilmiy media mahsulotlar, telegram kanallar, ijtimoiy media platformalar orqali ma'rifiy ishlarni olib borish
• Xorijiy va mahalliy ilmiy markazlar, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatish
📍 Manzilimiz:
Buxoro viloyati, Kogon tumani, “Choloki” MFY, Qasri Orifon qishlog‘i — buyuk mutasavvif Xoja Bahouddin Naqshband hazratlari tavallud topgan va so‘fiylik ta'limoti taraqqiy etgan muqaddas maskan.
📚 Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi — ma'naviyat, ilm va islohotlar uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan zamonaviy ilmiy-ma'rifiy maskandir.
