Buxoroda islomiy ilmiy-tadqiqot markazi ochildi.
Muhtaram Prezidentimizning 2025 yil 21 apreldagi Farmoniga ko‘ra Buxoroda Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilib, kuni kecha davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur ilmiy-tadqiqot markazi respublika tashkiloti maqomidagi muassasa bo‘lib hisoblanadi.
Bobokalonimiz Bahouddin Naqshband asos solgan Naqshbandiya tariqati yer yuzida eng keng tarqalgan tariqat hisoblanib, dunyoda millionlab mo‘min-musulmonlar mazkur tariqatga amal qiladi. Shu sababli Bahouddin Naqshband ziyoratgohiga tashrif buyurish uchun butun dunyodan ziyoratchilar Buxoroi sharifga keladi. Quvonarlisi, yangi markaz ham aynan Bahouddin Naqshband ziyoratgohida tashkil etildi.


Markaz direktori lavozimiga «Chor Bakr» jome masjidi imom xatibi, Islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dots.nt Azizxo‘ja Xayrulloyevich Inoyatov tayinlandi.
Alloh taolo O‘zbekistonimiz uchun markazni muborak qilsin. Ulug‘ bobokalonlarimiz boy ma’naviy merosini, islom ma’rifatini o‘rganish va targ‘ib etish borasidagi markazning faoliyatiga barakotlar bersin, o‘tmishdagidek xalqimizni dunyo xalqlariga ustoz xalqlardan qilsin. Amin.



