Buxoro viloyat teleradio komitetida Ilmiy tadqiqot markazi to’g’risida 1 soatlik ochiq muloqot tashkil qilindi

Eshittirish nomi – «32-studiya».
Efir vaqti – «26 iyun 2025 yil soat 16:00 – 17:00
Assalomu alaykum! Qadrli yurtdoshlar barchangizga a’lo kayfiyat hamroxligini tilaymiz. Bugun xizmatingizda hamkasbim G.Najmiddinova kamina Z.Muqimova, rejissyorlik pultida U.Rasulov, montaj ustalari S.Po‘latova, A.Boltayevlar.
Shu o‘rinda aytish joiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 apreldagi “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-68-son Farmoniga muvofiq Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazi muassisligida tashkil etilib, uning faoliyat ko‘rsatish tartibi belgilanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashamiz.
Mutaxassislarni taklif etganmiz: Bahouddin Naqshband ilmiy-taqiqot markazi direktori Azizxo‘ja Inoyatov

Bahouddin Naqshband ilmiy-taqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i Azalshoh Hamroyev

Buxoro viloyati turizm boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bobur To‘qsanovlar.
Assalomu alaykum ! xush ko‘rdik.

Shu o‘rinda Bahouddin Naqshband nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi. Uning asosiy maqsad va vazifalari nimadan iborat. Ushbu markaz faoliyatini boshlaganiga qancha muddat bo‘ldi?

Markazning tashkil etilishiga qanday zarurat tug‘ildi?

Markaz tomonidan qanday ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda?

Bahouddin Naqshband haqida yangi tarixiy hujjatlar yoki manbalar topildimi?

Sizlar olib borayotgan tadqiqotlar xalqaro miqyosda qanday e’tirof etilmoqda?

Markazda xorijiy tadqiqotchilar bilan hamkorlik qay darajada yo‘lga qo‘yilgan?

Tarixiy va ma’naviy merosni asrab-avaylash bo‘yicha qanday loyihalar amalga oshirilyapti?

Bahouddin Naqshband ziyoratgohini ziyorat qilayotgan mehmonlarga markaz qanday ma’lumotlar taqdim etadi?

Markaz tomonidan nashr qilingan kitoblar, maqolalar yoki kataloglar bormi?
Markazning veb-sayti yoki raqamli arxivi mavjudmi? Unda qanday ma’lumotlar joylashtirilgan?

Yosh tadqiqotchilar uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan? Talabalar yoki ilmiy izlanuvchilar markazda amaliyot o‘tashlari mumkinmi?

So‘nggi yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini rivojlantirish borasida qanday islohotlar amalga oshirildi?

Viloyatda mahalliy tadbirkorlar va xalq hunarmandlari turizmga qanday jalb etilmoqda?

Sayyohlar oqimini oshirish uchun qanday reklama va marketing strategiyalari amalga oshirilmoqda?

Hozirda Buxoroga eng ko‘p tashrif buyurayotgan xorijiy turistlar qaysi davlatlardan?

Ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha qanday maxsus dasturlar ishlab chiqilgan?

Sayyohlar uchun Buxorodagi eng mashhur yo‘nalishlar va diqqatga sazovor joylar qaysilar?

Mahalliy gidlar faoliyati bo‘yicha to‘xtaladigan bo‘lsak, bugun mamlakatimiz tarixi , Buxoroning qadim o‘tmishi haqida ma’lumotlarni o‘qib, o‘rgangan tarjimonlar yetarli darajadami? Yurtimizga kelayotgan sayyoh ham qaysidir ma’noda yurtimiz tarixini o‘rganadi, ma’lumotlar bilan tanishadi.

Turistlar xavfsizligi va tibbiy xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasiga ham to‘xtalsak, kun-u tun xizmat ko‘rsatuvchi kichik tez yordam mashinalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ular qay darajada xizmat ko‘rsata olyapti?

Buxoroda ommaviy tadbirlar, festivallar misol uchun ipak va ziravorlar festivali kabi tantanalar, sayllar ko‘plab o‘tkazilib turiladi. Ana shu jarayonda sayohatchilar uchun transport va yo‘l infratuzilmasi qanchalik qulay holatga keltirilgan?

Sayyohlarning fikr va mulohazalari asosida xizmatlar qanday takomillashtirilmoqda? Ular ham qandaydir takliflarni berishadimi?

Scroll to Top