Darhaqiqat Internet bugungi zamonamizning muhim bir qismiga aylandi. Bu kashfiyot insonlarni uzog‘ini yaqin qildi, ishlarini oson qildi, insonlar bir-birlari bilan muloqot qilishlari oson bo‘ldi. Nihoyatda samarali bir kashfiyot bo‘ldi. Lekin har bir masalaning ikkinchi tarafi bo‘lgani kabi internetning ham zararli tomonlari ko‘zga chalina boshladi. Odamlar internet orqali bir-birlarini aldashlari, obruylarini tushirishlari, har xil firibgarlik yo‘llarini qilishlari ham afsuski ko‘paydi. Xossatan diniy yo‘nalishda ham har xil odamlar chiqib dinni gapira boshlashdi. Ijtimoiy tarmoq sahifalarida har hil taxalluslarda faoliyat olib borayotgan shaxslar diniy mazmundagi darslarni internet orqali berib, savollarga javoblar berish orqali jamiyatimizda turli aqidaviy va fiqhiy ixtiloflar keltirib chiqarishdi. Ularning asli kim ekani, ilmiy salohiyati mazhabi va aqidasi qanday ekani ko‘pchilik yoshlarimizga malum emas. Shu bois ayrim yoshlar bilib- bilmay ularning gapiga quloq solayotgani fikrlarini qo‘llab-quvvatlayotgani juda xatarli hol.
Odamlarni yuldan ozdirish botil g‘oya va aqidalarni tarqatishga qaratilgan harakatlar avvalgi davrlarda ham mavjud bo‘lgan. So‘zga usta aslida esa ilmsiz va johil kishilar odamlarga “fatvo” berib o‘zlarini mashhur qilish, soxta obro‘ orttirishga uringanlar.
Shuni unutmasligimiz kerakki ulamolarimiz azaldan “Shariy savollarga javobni el-yurt oldida ilmi va amali va taqvosi ila tanilgan olimlardan olish kerak” ekanini takidlab kelganlar .
Mashhur tobeinlardan biri Muhammad Ibn Sirin rahimahulloh ”Shariy ilm – bu din demakdir! Uni kimdan olayotganingizga etibor bering!” deganlar. Imom Molik rahimahulloh esa: “Ushbu ilm – dindir! Diningizni kimdan olayotganingizga qarang! Men yetmishta yaqin ulamo suratidagi kimsalarning Masjidi Nabaviy ustunlari oldida: ”Rasullulloh unday dedilar, bunday dedilar“ deganini eshitganman. Lekin, ularning hech biridan ilmdan biror narsa olganim yo‘q”deganlar.
Demak diniy ilmlarni olishda, fatvo olishda shaxsiyatlar juda muhim ekan. Shunga ko‘ra Internet orqali dindan shariatdan gapirayotgan, lekin aslida kimligi nomalum kelib chiqishi ham nomalum kimsalardan din o‘rganilmaydi, ularga qulok solinmaydi. Chunki fatvo bu-dindir. ”Xadis aytdi, oyat keltirdi demak unga ergashish kerak” deyilmaydi.
Azizlar xulosa shuki biror savol tug‘ilsa o‘zimizning madrasa ustozlaridan, masjid imom xatiblardan va .uz domenlik saytlardan foydalanaylik. Shundagina har xil xatarlardan omonda bo‘lamiz.
Kamalov Shuxrat,
Mahmud Torobiy jome’ masjidi imom-xatibi



